AsosiyDunyo

Amerikalik ayol mashinasida urib yuborgan jasad bilan harakatlanishda davom etdi

AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi ayol mast holda avtomashina boshqarib, uysiz, daydi erkakni urib ketdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Jasad avtomobilning old oynasidan ichkariga kirib qolgan bo`lsa-da, sarxush ayol mashinani to`xtatmay, harakatlanishda davom etgan. U shu ahvolda 1,6 kilometr yo`l bosgan. 29 yoshli jinoyatchi ayol Steysi Sanches dushanba kuni Oushensayd shahri chekkasida joylashgan uyida qo`lga olingan.

Polisiyaning ma`lumot berishicha, ayol piyodalar yo`lakchasidagi yo`lovchini urib yuborgan. Zarba shu qadar kuchli bo`lganki, jabrlanuvchi old oynani teshib o`tib, oldingi o`rindiqqa, oyog`i uzilib tushgan.

Qo`shnilarning aytishicha, ayol uyiga etib borgach, jasad osilib turgan mashinadan baqirgancha yugurib tushib, uyiga kirgan. Yo`lda uchrab, hol-ahvol so`ragan o`smir yigitning savoliga “hammasi joyida” deb javob bergan. Voqea joyiga etib kelgan shifokorlar erkakning o`limini qayd etishgan.

Hushi o`ziga kelgan Sanches polisiyachilarga o`sha kuni kechqurun bir necha barga kirib, spirtli ichimlik ichganini, keyin uyga qaytayotganda odam urib ketganini ma`lum qilgan. Ayol qamoqqa olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Boshqa yangiliklar