Chempionlar ligasi 2021/22 yilgi mavsum finalini boshqarish fransiyalik hakamlarga topshirildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti.
Parijda bo`ladigan "Real" va "Liverpul" uchrashuvini fransiyalik hakam Kleman Tyurpen boshqarib boradi. 39 yoshli hakam avvalgi bosqichlarda ham "Real" ishtirokidagi bellashuvlarda qatnashgan.
Ma`lumot uchun, EChL finali 28 may oqshomida Parijdagi "Stad de Frans" stadionida o`tkaziladi.