1

2016 yilda baxt qasriga qadam qo`ygan 7 mashhur juftlik

Shou-biznes 29.06.2016, 12:52
Teglar: To`y, 2016 yil
2016 yilda baxt qasriga qadam qo`ygan 7 mashhur juftlik

2016 yil hech shubhasiz eng shov-shuvli to`ylar bilan esda qolarli bo`ladi. 

“Myday” nashri yil boshidan shu kunga qadar o`z juftini topgan va muqaddas oila rishtalari bilan munosabatlarini bog`lagan o`zbekistonlik mashhurlarni sanab o`tdi.   

Otabek Mutalxo`jaev va Dilzodaxon

2016 yilning 14 fevral sanasi hushovoz xonanda, «Nihol» mukofoti sovrindoriOtabek Mutalxo`jaevning visol oqshomi bilan tarix zarvaraqalariga muxrlandi. Ancha vaqtgacha ko`nglidagi yorini axtargan o`zbek estradasining yulduzi, o`z jufti sifatida Dilzodaxonni tanladi. Visol oqshomi poytaxtimizning Versal restoranida o`tkazildi. Tantanada o`zbek san`atining eng yorqin vakillarini mehmonlar qatorida ko`rish mumkin bo`ldi.

Shox Alimovich va Oyxon Iforzoda

Shu kuni, ya`ni 14 fevralda yana bir juftlik sevgi rishtalarini qonuniylashtirishdi. Boshlovchilar Nodirshox (Shox Alimovich) va Oyxon Iforzoda o`z yaqinlari davrasida FHDYo (ZAGS) qonuniy ro`yxatidan o`tishdi. 23 fevral kuni esa Versal restoranida ikki yoshning nikoh oqshomi bo`lib o`tdi.

Kaniza

O`zbek estradasida o`zining ajoyib yo`nalishi bilan hamma xonandalardan ajralib turuvchi Kanizaning bu yil shaxsiy hayoti va konsert oldi shov-shuvlari anchagacha muhokama bo`ldi. FHDYo ro`yxatidan va shar`iy nikohdan o`tgan Kaniza, 28 aprel sanasida ilk yakkaxon konsert dasturidan so`ng kuyov bilan o`zining chin uyiga yo`l oldi. Aytish joizki, xonanda dabdaba bilan nikoh to`yini biron-bir poytaxtimiz restoranlarida o`tkazmadi. Aksincha u, Istiqlol san`at saroyida hayotidagi uch muhim kunni, 10 yillik ijodi, tavallud ayyomi va turmushga chiqqani munosabati bilan konsert dasturini hisobot tarzida muxlislarga taqdim etdi.  

Milena Madmusaeva va Abduhamid Xalilov

Nihol» mukofoti sovrindori, opera ijrochisi va OAZIS guruhi xonandasi Milena Madmusaeva 25 aprelda turmushga chiqdi. To`y tantanasi Versal restoranida bo`lib o`tdi. Xalqaro ko`rik tanlovlar laureati va g`olibi Milenaning yori OAZIS guruhi prodyuseri Abduhamid Xalilov.

Davron Kabulov va E`zozaxon

2016 yilning 23 may sanasida «Million» jamoasining a`zosi, shoumen Davron Kabulov va nihoyat bo`ydoqlar safini tark etdi. Davron ham o`zbek shou-biznesi bo`ydoqlari orasida o`ziga munosib rafiqani ko`p izlagan yigitlardan bo`lib, u E`zozaxonda o`z tanlovini to`xtatdi. Nikoh to`yi shahrimizning «Mumtoz» restoranida bo`lib o`tdi. Bu to`y shou-biznes olamida eng kutilgan va shov-shuvli tantanalardan bo`ldi. Visol oqshomida o`zbek estradasining eng taniqli san`atkorlari mehmon bo`lishdi.

Shohrux va Zlata

Bir oz tanaffusdan so`ng yana ijodga qaytgan Shoxrux reperning to`y oqshomi esa 12 may sanasida poytaxtimizning «Yakkasaroy» to`yxonasida bo`lib o`tdi. Xonandaning rafiqasi Zlata. Ular ikki yarim yil avval qonuniy va shar`iy nikohdan o`tishgan va Islom ismli o`g`illari ham bor. Yosh oila fursat kelib, aynan 2016 yilda elga to`y berishdi va barcha yaqinlarini taklif etishdi. Bu to`y ham yulduzlar yog`dusiga boy bo`ldi

Shohruhxon va Asal 

Bu ikki yulduzli juftlikning munosabatlari anchadan buyon muhokama markazida bo`lib, barchani ular turmush qurishi yoki qurmasliklari qiziqtirib kelgan. Barcha savollar va muhokamalarga esa 2016 yilning 5 iyun sanasida barham berildi. Shu kuni ikki ijodkorning muhabbat rishtalari qonuniy ravishda mustahkamlandi. Visol oqshomi Osiyo Grand restoranida bo`lib o`tdi. Dabdabali to`yning dong`i esa dunyolarga etdi.

Sharhlar

Samarqandda to`yda yo`qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduqdan topildi (video)

01.10.2022, 14:39

Samarqanddagi to`yxonada yaqinlarining qarovsiziligi sabab yo`qolgan bolakay, bazmgoh atrofidagi 8 metrlik quduqqa tushib ketganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha,...
To`y fojiaga aylandi: marosimga ketayotgan kuyov daryoga cho`kib ketdi

20.07.2022, 09:30

Pokistonda to`yda ishtirok etish uchun kelayotgan mehmonlar bo`lgan qayiq cho`kib ketdi, deya xorij OAVga asoslanib yozmoqda "Zamon.uz"Ma`lum qilinishicha, kamida 20 kishi halok bo`lgan. Ular ayollar...
O`zbekistonda to`ylarni 100 kishilik qilib o`tkazishga ruxsat berildi

20.09.2021, 10:56

Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining yig`ilishida O`zbekistonda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma`naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o`tkazish uchun qulay...
Aktyor Aziz Umrzoqov uylandi

19.08.2019, 20:34

Aktyor va shoumen Aziz Umrzoqov 17 avgust kuni oila qurdi. Aziz va Zarinaxonning nikoh oqshomi poytaxtdagi restoranlardan birida bo`lib o`tdi.
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1