Sal avval Qozog`istonda ichida o`zbeklar bo`lgan avtobus halokatga uchragani haqida xabar bergan edik.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi mazkur hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda avtobusning barcha yo`lovchilari ro`yxati shakllantirilib, hodisa O`zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasi mehnat migrasiyasi masalalari bo`yicha attashesi tomonidan nazoratga olingan.
"Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ushbu hodisa oqibatida 2 kishi vafot etgan, 4 kishi reanimasiya, 13 kishi esa travmotologiya bo`limiga joylashtirilgan",-deyiladi xabarda.