AsosiyJamiyat

Chet elda qancha farg`onalik muxojir borligi ma`lum qilindi

'Chet elda qancha farg`onalik muxojir borligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Farg`ona viloyati hokimligida prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini tubdan yaxshilash masalalariga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tmoqda.

Yig`ilishda Farg`ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov prezidentga chet elda 60 ming farg`onalik muxojir qolgani, jami 165 ming muxojirlarning 100 mingdan ortig`i qaytib kelgani haqida ma`lumot berdi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Shuningdek, prezidentning keltirishicha, Toshloq tumani hokimi Mustaqillikning 31 yilligi bayramigacha tumandagi ishsizlikni to`liq bartaraf etishni va`da bergan. 

Yig`ilish davom etmoqda. Tafsilotlari bilan Farg`onadan "Darakchi" muxbiri bevosita tanishtirib boradi. 

    Boshqa yangiliklar