Indoneziyada yashovchi 192 kilogramm vaznga ega 10 yoshli bolakay majburan parhez tutishga jalb qilindi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Nashrning ma`lumot berishicha, bu bolakay dunyodagi eng semiz bola hisoblanadi. Endilikda uning rasioni faqat jigarrang guruchdan iborat bo`ladi.

Arya Permana bunga qadar bir kunda besh marta ovqatlangan edi. Ma`lum bo`lishicha, bolakayning ishtahasi ikki nafar katta odamniki bilan teng.
Bolaga ortiqcha vazn bemalol harakatlanishiga xalaqit beradi. Shuning uchun ham bolakay maktabdagi o`qishini to`xtatishiga to`g`ri keldi.
Arya nafas olish tizimidagi muammolar sabab tezda charchab qolmoqda.
Ortiqcha vazn sog`lig`iga xavf solayotgan bola majburan parhezga o`tqazildi. Uning onasining aytishicha, Arya o`zining ortiqcha vazni tufayli birorta kiyim kiya olmaydi.





