1

Jizzaxda ekstremistik oqim tarafdori ushlandi

Jinoyat 16.05.2022, 09:19
Jizzaxda ekstremistik oqim tarafdori ushlandi

Jizzax viloyatida yashovchi diniy ekstremistik oqim tarafdoriga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, 1995 yilda tug`ilgan fuqaro ekstremistik ruhdagi materiallar xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g`oyaviy rahnamolari bo`lganlar aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan materiallarni o`zining instagram ijtimoiy tarmog`i va telegram messenjerida tarqatgan.

Viloyat DXX va IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida qo`lga olinib, mobil telefoni prosessual tartibda rasmiylashtirilgan. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitaning ekspertiza xulosasiga ko`ra, uning telefon apparati xotirasida saqlangan materiallar to`liq aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan bo`lib, ularni O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan.

"Hozirda fuqaroga nisbatan mutasaddi idora xodimlari tomonidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1