1

O`zLiDeP fraksiyasi Konstitusiyaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqdi

Siyosat 16.05.2022, 11:30
O`zLiDeP fraksiyasi Konstitusiyaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqdi

Bugun Qonunchilik palatasida O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining muhim masalaga bag`ishlangan yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Partiya matbuot xizmati xabar bermoqda

Yig`ilishda qayd etilishicha, amaldagi Konstitusiya erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori va eng asosiy kafolati bo`lib keldi.

Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ilgari surilayotgan keng ko`lamli vazifalar, hususan adolatli va xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta`minlash kabi ulug`vor maqsadlar ularni amalga oshirishga zarur huquqiy asosni ta`minlovchi Konstitusiyaviy makonni yanada takomillashtirish extiyojini kun tartibiga ko`ymoqda.

Shu sababli, bugun Qonunchilik palatasida O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig`ilishida deputatlar Bosh qomusimiz – Konstitusiyaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqishdi.

Bu borada fraksiya a`zolari Konstitusiyaning jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyatiga alohida to`xtalib, uni bugungi real voqelikka moslashtirish, Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun yanada mustahqam huquqiy poydevor yaratish bo`yicha o`zlarining aniq pozisiyalarini ma`lum qilishdi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O'zLiDeP fraksiyasi yig`ilishida O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini takomillashtirish bo`yicha ilgari surilayotgan tashabbus Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi yana bir etakchi fraksiyasi - “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ham maqsad, vazifalari hamda saylovoldi dasturlari bilan hamohangligidan kelib chiqib, ushbu masalani mazkur fraksiyalarning qo`shma yig`ilishida muhokamaga qo`yilishi tashabbusi ilgari surildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1