O`zbekistonlik mutaxassislar Mozori-Sharif aeroportini ta`mirlashni yakunlamoqda. Bu haqda zamon.uz da qayd etilishicha, O`zbekiston TIV qoshidagi xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi direktori Doniyor Qurbonov “Valday” xalqaro munozara klubidagi chiqishida ma`lum qilgan.
Qurbonov Toshkentning Afg`onistonni Markaziy va Janubiy Osiyo o`rtasidagi ko`prikka aylanishi uchun ko`p ishlarni qilayotganini aytgan.
“Afg`oniston 30 foiz importini Termizdagi transport-logistik xabdan qabul qiladi. Shuningdek, O`zbekiston Kobulga elektr energiyasi etkazib bermoqda”, – degan u.






