AsosiyDunyo
5298

Har yili shifokorlar aybi bilan 200 ming inson hayotdan ko`z yumadi

Ko`p hollarda insonlarning bevaqt o`limiga vrachlar va dori-darmonlar sabab bo`ladi, deb xabar berdi “Segodnya.ua” nashri.  

Bu asosan og`ir kasalliklar, ya`ni saraton va yurak qon-tomir kasalliklariga tegishlidir.

Bu AQSh institutlaridan birida o`tkazilgan tadqiqot natijasida aniqlangan va barcha statistik ma`lumotlar ham AQShga tegishlidir. Aynan shu statistik ma`lumotlarga ko`ra, har yili vrachlar aybi bilan 220 ming kishi hayotdan ko`z yumar ekan.

Olimlar bu ma`lumotlar e`tirozga sabab bo`lishini hisobga olib, ular bu ma`lumotga aniqlik kiritdilar. Ularning fikricha, bir kasallikka davo bo`lgan dori-darmon boshqa undan-da xavfli bo`lgan kasallikni yuzaga keltirar ekan. Masalan, kimyoterapiya qabul qilgan bemor avvalgi kasalidan ham xavfli bo`lgan dardga chalinishi, ichak kasalliklarini davolovchi dori-darmon esa inson ruhiyatiga qattiq ta`sir qilishi mumkin ekanligini aytishgan.

“Bu ma`lumotlar bilan vrachlar sha`niga dog` tushirish fikridan yiroqmiz, aksincha jamoatchilik e`tiborini mazkur muammoning dolzarbligiga qaratmoqchimiz, xolos”, deyiladi tadqiqot matnida.

Boshqa yangiliklar