AsosiyJamiyat

Olmaota–Toshkent–Olmaota yo`nalishida "Tulpor Talgo" poezdining qatnovi qayta tiklandi

'Olmaota–Toshkent–Olmaota yo`nalishida "Tulpor Talgo" poezdining qatnovi qayta tiklandi'ning rasmi

“Qazaqstan temir jol” MK”AJ bilan kelishilgan holda temir yo`llarda yo`lovchi tashishlar qayta yo`lga qo`yilmoqda.  

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15-may kuni 647/648-sonli “Nukus—Beyneu—Nukus” yo`nalishidagi yo`lovchi poezdining qatnovi boshlandi.

 2022-yil 16 maydan boshlab, “Olma-ota-2 – Toshkent – Olma-ota-2” yo`nalishida 1/2-sonli “Tulpar-Talgo” poezdining qatnovi qayta tiklandi. 

2 yarim yillik tanaffusdan so`ng ilk bor O`zbekistonga qarab yo`l olgan ushbu poezd bugun soat 11 dan 05 daqiqa o`tganda Toshkent Markaziy temir yo`l vokzaliga kirib keldi. Tarkibi 24 ta yo`lovchi vagondan iborat bo`lgan ushbu poezd bir tomonga harakatlanganda 425 nafar yo`lovchini o`z manziliga etkazib qo`yish imkoniyatga ega. 

Barcha qulayliklarga ega bo`lgan mazkur poezd harakat jadvaliga ko`ra haftaning dushanba, chorshanba va shanba kunlari “Olma-ota-2 temir yo`l vokzalidan soat 18:32 da, shuningdek, haftaning seyshanba, payshanba hamda yakshanba kunlari soat 12:39 da – Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.Chiptalarni elektron tarzda hamda temir yo`l kassalaridan sotib olish mumkin. Yo`lovchilar elektron chiptalarni sotib olayotganda, Qozog`iston Respublikasining davlat chegarasidan o`tish uchun uni A4 formatidagi qog`ozga chiqarish (chop etish) lozim.

       Ma`lumotlarga ko`ra, yo`lovchilar Qozog`iston Respublikasi va mamlakatimiz davlat chegarasi orqali o`tish punktlarida belgilangan tartibda o`rnatilgan cheklov choralari talablariga rioya qilishlari shart. Xususan, Qozog`iston Respublikasi davlat chegarasi o`tish punktlari orqali Qozog`iston Respublikasiga kelgan barcha shaxslar PZR usuli bilan COVID-19 ga test sinovidan o`tganligi haqida ma`lumotnoma taqdim etishlari shart (qozoq, rus yoki ingliz tilida). Mazkur ma`lumotnoma Qozog`iston Respublikasi davlat chegarasidan o`tishdan oldin kamida 72 soatdan ko`p bo`lmagan muddatda bo`lishi zarur.  

Mutaxassislarning so`zlariga ko`ra, boshqa qo`shni davlatlar bilan ham temir yo`l yo`nalishlarining qayta tiklanishi borasida muzokoralar olib borilmoqda. Tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma- bosqich boshqa davlatlarga ham poezdlar qatnovi qayta tiklanishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar