AsosiyJamiyat

"NestOne" binosi oldida yuz bergan holat bo`yicha Davlat mehnat inspeksiyasi munosabat bildirdi

'"NestOne" binosi oldida yuz bergan holat bo`yicha Davlat mehnat inspeksiyasi munosabat bildirdi'ning rasmi

Bugun, 17 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Tashkent City  hududida joylashgan Nest One osmono`par binosi quruvchilari ish tashlash o`tkazayotgani haqida video va xabarlar tarqaldi. Unda ishchilar maoshi to`lanmagani uchun noroziligini bildirib, ish tashlash o`tkazayotgani aytilgandi.

Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 2022 yil 17 may kuni “Ozodnews” ijtimoiy tarmog`idan Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi “Tashkent city” hududida qurilayotgan “Nestone” osmono`par binosida ishlayotgan ishchilarga”Ozguvn mimarlik inshaat” MChJ XK ”Ozguven tasarim mimarlik insaat sanayi ve ticar” PU tomonidan o`z vaqtida ishchilarga ish haqini berilmaganligi holati yuzasidan chop etilgan maqola o`rganildi.

Aniqlanishicha, 2022 yil 17 may kuni Shayxontohur tumanida joylashgan “Tashkent city” xududidagi “Nestone” osmono`par binosida ”Ozguvn mimarlik inshaat” MChJ XKning 312 nafar ishchilari 2022 yil aprel uchun uchun ish haqlarini olmaganligi sababli mazkur korxonaga nisbatan norozilik bildirgan, mazkur maqolani o`rganish jarayonida, 2022 yil 17 may kuni 312 nafar ishchilarga 1 007 001 825.87(bir milliard etti million bir ming sakkiz yuz yigirma besh) so`m ish haqlari to`lab berilishi ta`minlandi.

Shu bilan bir qatorda, Shayxontohur tumanida joylashgan “Tashkent city” xududidagi “Nestone” osmono`par binosida”Ozguven tasarim mimarlik insaat sanayi ve ticar” PUning 427 nafar ishchilari 2022 yil aprel oyi uchun ish haqini o`z vaqtida olmaganligi sababli mazkur korxona rahbariyatiga norozilik bildirgan, mazkur holat yuzasida ishchilarga 2022 yil 17 may kuni 427 nafar ishchilarga 1 346 355 177.06 (bir milliard uch yuz qirq olti million uch yuz ellik besh ming bir yuz etmish etti) so`m ish haqlari to`lab berilishi ta`minlandi.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mehnat inspeksiyasi to`g`risida”gi 1066-sonli Nizomiga muvofiq, Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 2022 yil 17 may kuni Ozguvn mimarlik inshaat” MChJ XK va ”Ozguven tasarim mimarlik” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi rahbari Guven Mehmetra nomiga yozma ko`rsatma berildi.

    Boshqa yangiliklar