O`zbekistonda 2022-2023-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari yaqinlashmoqda. Aksariyat o`zbek abiturientlarining e`tibori bu vaqtda aynan Davlat test markazining test jarayonlariga oid xabarlariga qaratilgani sir emas. Markazning xabar berishicha, kecha, 17 may kuni oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlarida qo`llaniladigan test topshiriqlarining navbatdagi aprobasiyassi bo`lib o`tdi.
"Test topshiriqlari aprobatsiyassi Davlat test markazi tomonidan Farg`ona, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida tashkil etildi. Unda barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo`lgan 3 ta fan hamda matematika, fizika va kimyo fanlari bo`yicha test topshiriqlari aprobasiyasdan o`tkazildi",-deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun, imtixondan avvalgi sinov jarayonlarida akademik litsey, ixtisoslashtirilgan umumta`lim va umumiy o`rta ta`lim maktablarining ming nafarga yaqin bitiruvchilari ishtirok etgan.






