AsosiyJamiyat

Momaqaldiroq, shamol, yomg`ir, sel... "O`zgidromet" 18 may ob-havosini bashorat qildi

'Momaqaldiroq, shamol, yomg`ir, sel...   "O`zgidromet" 18 may ob-havosini bashorat qildi'ning rasmi

 "O`zgidromet" 18 may ob-havosini bashorat qildi. Unga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qayd etilishicha, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° atrofida bo`ladi.

Poytaxt Toshkentda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 27-29° gacha isiydi.

Ta`kidlanishicha, tog` oldi va tog`li hududlarda ham qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli jala yomg`irlar yog`adi, do`l yog`ishi mumkin. Shuningdek, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi aytiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-20° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar