AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida ommaviy sayyor qabullar o`tkaziladi (jadval)

'Toshkent viloyatida ommaviy sayyor qabullar o`tkaziladi (jadval)'ning rasmi

O`zbekistonda fuqarolar muammolari bilan samarali ishlash, aholi bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot qilish maqsadida respublika viloyatlarida may-iyul oylari mobaynida 20 dan ortiq vazirlik va idoralar, sektorlar hamda hududiy tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy qabullar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Xususan, qabullarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish, Sog`liqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qo`llab quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish, Xalq ta`limi vazirliklari vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi, Markaziy bank, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,  "Hududgazta`minot" AJ, “O`zsuvta`minot” AJ, Avtomobil yo`llari qo`mitasi, Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi kabi qator idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi. 

Mazkur qabullar joriy yilning 18-24 may kunlari Toshkent viloyati bo`lib o`tadi. 

Ommaviy qabullar o`tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishishingiz mumkin.

Aholi keladigan

hududlar nomi

Sayyor qabul 

o`tkaziladigan joy

Sana va vaqti

O`rta Chirchiq,

Yuqori Chirchiq, 

Parkent, Nurafshon sh.

Bektemir tumani, Bektemir shoh ko`chasi, Toshkent viloyati Xalq qabulxonasida

18 may 

soat 10:00 dan

Bo`ka,

Bekobod, PiskentBekobod sh.

“Bo`ston” MFY hududida joylashgan “Yoshlar” bog`i

19 may 

soat 10:00 dan

Quyi Chirchiq,

Chinoz, Oqqo`rg`on

“Beruniy” MFY hududida joylashgan Madaniyat uyida

20 may 

soat 10:00 dan

Zangiota,

Toshkent, Yangiyo`l, Yangiyo`l sh.

Nazarbek, Temiryo`lsanatoriyasida

21 may 

soat 10:00 dan

Ohangaron sh., Olmaliq sh., Angren sh., OhangaronXolmuxamedov ko`chasida joylashgan “Ohangaron” madaniyat va istirohat bog`ida

23 may 

soat 10:00 dan

Bo`stonliq, 

Qibray, Chirchiq sh.

“Xojikent” MFY, “Xojikent” pansionatida

24 may 

soat 10:00 dan

 

    Boshqa yangiliklar