AsosiyJamiyat

OTMga qabul uchun davlat buyurtmasini kamaytirish taklif etilmoqda

'OTMga qabul uchun davlat buyurtmasini kamaytirish taklif etilmoqda'ning rasmi

"2022/2023 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida"Prezident qarori loyihasini muhokama uchun e`lon qilindi.

Loyihaga ko`ra, davlat buyurtmasi sonini kamaytirish taklif etilmoqda. Jumladan, 2022/2023 o`quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha taklif etilmoqda:

Bakalavrlar tayyorlash bo`yicha:

  • kunduzgi ta`lim shakliga —76 728 nafar (2021 yilda  113 530 nafar)
  • sirtqi ta`lim shakliga — 27 365 nafar (2021 yilda 37 675  nafar);
  • kechki ta`lim shakliga — 2 575 nafar (2021 yilda 6 550 nafar);
  • masofaviy ta`lim shakliga- 3 610 nafar;

Magistrlar tayyorlash bo`yicha — 11 082 nafar (2021 yilda 12 900 nafar);

Xorijiy OTM va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta`lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo`yicha — 100 nafar (2021 yilda 500 nafar);

Keltirilishicha, filiallar va nodavlat oliy ta`lim tashkilotlariga ajratilgan 100 nafar grantlarning buyurtmachisi sifatida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi belgilanadi.

Shuningdek, belgilanishicha, 2023/2024 o`quv yilidan boshlab:

- barcha davlat oliy ta`lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlari faqatgina davlat grantlari bo`yicha tasdiqlanadi;

- to`lov-kontrakt asosidagi qabul o`rinlari oliy ta`lim muassasalari, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta`lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari, bo`ysunuviga ko`ra tegishli vazirlik va idoralar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar