Avval xabar qilganimizdek, kecha 17 may kuni Mo`ynoqdagi qamishzorda kuchli yong`in sodir bo`ldi. Sal avval Ekologiya qo`mitasi yong`inni bartaraf etishning iloji yo`qligini bildirgan edi.
Ayni paytda FVV matbuot xizmati Mo`ynoq tumani, “Zaliev” ko`lidagi qamishzorda yuzaga kelgan yong`in to`g`risida ma`lumot taqdim etdi.
Keltirilishicha, kecha 17 may kuni soat 20:00da Mo`ynoq tumani, “Zaliev” ko`lidagi qamishzorda yong`in bo`layotganligi to`g`risida Mo`ynoq tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limiga xabar kelib tushgan.
Yong`inga yong`in qutqaruv ekipajlari soat 20:40da etib borib, 21:05da yong`in bartaraf etilgan (Yong`in o`chirish qismidan yong`in sodir bo`lgan manzilgacha masofa taxminan 30 km ni tashkil etadi). Yong`in natijasida “Zaliev” ko`lida 0,5 gektar maydonda qamishzor yongan.
Ayni vaqtda yong`inning sababi aniqlanmoqda.






