AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Isroil turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga doir kelishuv imzolandi

'O`zbekiston va Isroil turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga doir kelishuv imzolandi'ning rasmi

Toshkent shahridagi «Hilton» mehmonxonasida O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov hamda Isroil davlati Turizm vaziri Yoel Razvozov o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga doir kelishuv imzolandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri Karimjon Zaripov. 

Mazkur hujjat ikki mamlakat o`rtasida o`zaro sayyohlar oqimini oshirish, aviareyslarni ko`paytirish hamda turistik biznes vakillari o`rtasidagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, o`zaro efir vaqtlarini almashish, ikki mamlakatning mashhur musavvirlari ko`rgazmalarini tashkil qilish, Samarqanddagi «Ipak yo`li» xalqaro turizm universiteti va Isroildagi hamkor o`quv muassasalari o`rtasida hamkorlikni rivojlantirishni ko`zda tutadi.

Imzolash marosimidan so`ng O`zbekiston va Isroil turizm vazirlari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Jumladan, Yoel Razvozov O`zbekistonning boy tarix va madaniy merosga ega mamlakat ekanini qayd etib, isroilliklarning yurtimizga sayohat qilish istagi tobora oshib borayotganini ta`kidladi. Shuningdek, yuqori martabali mehmon mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarini alohida e`tirof etgan.

Yoel Razvozovning so`zlariga ko`ra, Kelishuvning imzolanishi O`zbekiston va Isroil o`rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish hamda o`zaro sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirish yo`lida xizmat qiladi.

Eslatib o`tamiz, kecha, 17 may kuni O`zbekiston va Isroil vazirlari poytaxtimizda bo`lib o`tgan «Tashkent Travel Mart 2022» xalqaro ko`rgazmasida ishtirok etdi

    Boshqa yangiliklar