1

Toshkentdagi uylarning erto`lasidan 11 ming AQSh dollarini o`g`irlagan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 18.05.2022, 17:41
Toshkentdagi uylarning erto`lasidan 11 ming AQSh dollarini o`g`irlagan shaxs qo`lga olindi

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko`ra, 9 may kuni soat 14:00 atrofida noma`lum shaxslar erto`laning qulfini buzib, 28 yoshli J.T.ga tegishli muzlatgich, mikroto`lqinli pech va 11 000 AQSh dollarini o`g`irlab voqea joyidan yashirinishgan. 

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi ("O`g`irlik") bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Ko`rilgan choralar davomida jinoyatchilar ertasi kuniyoq aniqlanib, qo`lga olindi. Ular 54 yoshli P.L. va 31 yoshli M.K. bo`lib chiqdi.

Bugungi kunda tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1