1

Navoiyda sport anjomlarini qimmat narxlarda xarid qilish holatlari aniqlandi

Jinoyat 18.05.2022, 18:18
Navoiyda sport anjomlarini qimmat narxlarda xarid qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda, viloyat xalq ta`limi boshqarmasi va “I.A.” MChJ moddiy javobgar shaxslari O`zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonuni talablariga zid ravishda 30.07.2021 yildagi shartnomaga asosan 8 turdagi sport anjomlarini haqiqiy bahosidan 787,8 mln so`mga qimmat narxlarda xarid qilinganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Navoiy shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, viloyatning sobiq Turizm va sport bosh boshqarmasi moddiy javobgar shaxslari 2021 yilning dekabr oyida 22 turdagi sport anjomlari haqiqiy bahosidan 598,9 mln so`mga qimmat narxlarda sotib olganliklari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, o`tgan yilning dekabr oyida 8 nafar o`quvchining Moskva shahriga Xalqaro musobaqaga borib-kelish xarajatlarini ota-onalar tomonidan to`lab berilgan bo`lsa-da, soxta hujjatlar rasmiylashtirilib 80 mln so`m byudjet mablag`i o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1