Bugun, 19 may kuni soat 03:51 da Samarqand tumani ''Joyisoy" MFY Birdamlik ko`chasidagi xonadonlarda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tuman FVB bo`limiga xabar kelib tushgan.
Bu haqda FVV ma`lumot taqdim etmoqda.
Qayd etilishicha, voqea joyiga 7 ta yong`in-qutqaruv ekipajilari va ''Kamaz" yordamchi avtomashinasi jalb etilgan. Yong`inga soat 04:06 da etib borgan va soat 05:38 da yong`in to`liq bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida 5 ta xonadonning taxminan 490 m. kv maydonda shift va tom qismi hamda uy jihozlari yonib, zararlangani aytiladi.
Ma`lum bo`lishicha, hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.
"Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda. Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishni so`rab qoladi",-deyiladi xabarda.






