"O`zgidromet" 19 mayga ob-havo bashoratini e`lon qildi.
Unga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 27-32° gacha ko`tariladi.
Toshkentda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 28-30° gacha isiydi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adii, momaqaldiroq bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22° bo`ladi.






