Mahalla telekanali tomonidan efirga uzatilgan ko`rsatuv davomida advokat fohishaxonalar foyda keltirayotganini ta`kidladi va bu orqali jinoyatlarni olish mumkinligini bildirdi. Biroq bu haqdagi gaplar aks etgan video tez orada ijtimoiy tarmoqlar bo`ylab tarqalib, muhokamalarga sabab bo`ldi.
Bir muddat o`tib advokatning o`zi holat yuzasidan tushuntirish berdi.
Uning ma`lum qilishicha, telekanal orqali efirga uzatilgan "Minbar" ko`rsatuvidan olingan keng tarqalgan video aslida boshqa maqsadda aytilgan. Fikrlar qirqib olingan holda ommani e`tiborini tortish va yomon fikr uyg`otish uchun montaj qilingan.
"Shaxsan menga bu holatdan kim yoki qaysi tashkilot manfaatdor bo`lishi ma`lum emas. Lekin fohishalar yordamida narkobiznesni targ`ib qilish, yoshlarimizni jinoyat sodir etish yo`liga etaklash noto`g`ri usul ekanini va bundan voz kechish zarurligi ta`kidlamoqchi bo`lib aytilgan gaplarim shunchaki qirqib tashlangan. Ushbu nutqimda biz deb gapirganimning boisi ham ushbu illatga barchamiz mas`ul ekanligimizni bildiradi", - degan advokat.
Shuningdek, u qo`shimcha ravishda o`sha kungi nutqining to`liq videosini e`lon qilgan.
"Shaxsan men, qaysidir tizimni tanqid qilish bilan emas, balki fohishalar orqali narkobiznes va boshqa jinoyatlarni targ`ib etish xolatlariga chek qo`yishimiz va shu orqali eski uslubdan voz kechish zarurligini ta`kidlagandim",- deya qo`shimcha qilgan u.






