AsosiyJamiyat

Qo`shrabod tumani prokuraturasi binosida fuqarolar va IIB xodimlari o`rtasidagi janjal bo`yicha tekshirish boshlandi

'Qo`shrabod tumani prokuraturasi binosida fuqarolar va IIB xodimlari o`rtasidagi janjal bo`yicha tekshirish boshlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Qo`shrabod tumani prokuraturasi binosi oldida IIB xodimlari va fuqarolar o`rtasida janjal sodir bo`lgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan IIV matbuot kotibi Shoxruh G`iyosov munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, holat 2021 yilning 16 iyul kuni Samarqand viloyati Qo`shrabod tumani prokuraturasi binosida sodir bo`lgan. Fuqaro va ichki ishlar organi xodimi o`rtasida sodir bo`lgan ziddiyatli videotasvir O`zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan o`rganilmoqda. Xodimning harakatlari qo`shimcha ravishda to`liq tekshirilib, holatga huquqiy baho beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar