Ayni paytda Samarqand viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi yig`ilishida soliq tizimi mas`ullarining eshituvi bo`lib o`tmoqda, deya xabar bermoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati, Milliy kengash a`zolari, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari hamda hududiy kengash a`zolari ishtirok etayotgan yig`ilishda asosiy e`tibor soliq tizimida uchrayotgan korrupsion holatlar, ularning oldini olishdagi muhim vazifa va maqsadlarga qaratilmoqda.
Tahlillarga ko`ra, Samarqand viloyatida soliq tizimi eng ko`p jinoyat sodir etilgan yo`nalishlardan biri hisoblanadi.
Xususan, 2021 yil mobaynida viloyatda soliq organlari bilan bog`liq korrupsiyaga oid 7 ta jinoyat ishi bo`yicha 10 nafar soliq xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, sudlarga yuborilgan.
Yig`ilishda shu kabi korrupsion holatlar atroflicha tahlil etilmoqda.






