Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining ma`lum qilishicha, agentlik va Germaniyadagi hamkor tashkilot nemis tilini V2 va S1 darajada biladigan fuqarolar uchun quyidagi bo`sh ish o`rinlarini taklif qiladi:
✅ Bolalar bog`chasi tarbiyachisi (nemis tilini V2/S1 darajada bilish);
✅ Nemis tili o`qituvchisi (nemis tilini S1 darajada bilish);
Xabarda aytilishicha, oylik-maosh 2000 evrodan boshlanib, ishchilarga o`z tanlovlariga ko`ra yashash joyi taklif qilinadi.
Nomzodlar ish beruvchi tomonidan suhbat asosida tanlab olinadi.
Nomzodga qo`yiladigan talablar:
✔ 22-45 yosh;
✔ Nemis filologiyasi yoki pedagogika yo`nalishidagi bakalavr diplomi;
✔ Xalqaro tan olingan va muddati 2 yildan oshmagan nemis tili sertifikati;
✔ Sudlanmagan bo`lishi.
Tanlovda qatnashish istagida bo`lgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni elektron (pdf) shaklda taqdim etishi lozim:
a) xorijga chiqish pasporti;
b) bakalavr diplomi (keyinroq notarial tasdiqlangan varianti so`raladi);
s) nemis tilidan V2/S1 sertifikati;
d) to`ldirilgan tarjimai hol (anketa nemis tilida).






