AsosiyJamiyat

56-Xalqaro Mendeelev olimpiadasi g`oliblari Moskva davlat universitetiga imtiyoz asosida o`qishga qabul qilinadi

'56-Xalqaro Mendeelev olimpiadasi g`oliblari Moskva davlat universitetiga imtiyoz asosida o`qishga qabul qilinadi'ning rasmi

Olimpiada tartibiga ko`ra, jami ishtirokchilarning 10 foiziga oltin, 20 foiziga kumush va 30 foiziga bronza medallari taqdim etiladi. O`zbekiston terma jamoasidan ishtirok etgan o`quvchilarning 10 nafari medallarga sazovor bo`lishdi. Jumladan, 1 nafar o`quvchi oltin medal, 4 nafari kumush medal va 5 nafari bronza medal sohiblari bo`lishdi.

Eslatib o`tamiz, ushbu olimpiada oxirgi ikki yilda pandemiya talablariga ko`ra, onlayn tarzda o`tkazilgan edi. Bu yil birinchi marotaba oflayn tarzda O`zbekistonda bo`lib o`tdi. O`tgan yilning aprel oyida 28 ta davlatdan 145 ta o`quvchi o`rtasida onlayn tarzda o`tkazilgan 55-Xalqaro Mendeleev olimpiadasida Agentlik tizimidagi ta`lim muassasalaridan 3 nafar o`quvchi ham qatnashib, ularning 2 nafari kumush va 1 nafari bronza medaliga sazovor bo`lishgan edi.

Olimpiada asosiy 3 bosqichdan iborat bo`lib, ikki bosqich nazariy masalalar 3-bosqich esa Kimyo fanidan 5 ta amaliy laboratoriya asosida o`tkaziladi. Ishtirokchilarning to`plagan yakuniy natijalari umumlashtiriladi va  umumiy natija asosida olimpiada g`oliblari aniqlandi.

    Boshqa yangiliklar