AsosiyJamiyat

Yo`l ta`miri faqat tungi vaqtlarda amalga oshirilishi kerak – Alisher Qodirov

'Yo`l ta`miri faqat tungi vaqtlarda amalga oshirilishi kerak – Alisher Qodirov'ning rasmi

Deputatlar “Yo`l harakatini tashkil etish to`g`risida”gi qonuni loyihasini ham muhokama qilmoqda.

Deputatlar ta`kidlanganidek, bugungi kunda yo`llarning holati o`sib borayotgan transport vositalarining tirbandliklarsiz harakatlanishini ta`minlashga javob bermaydi. Bu borada jamoatchilik ishtirokini belgilovchi normalar mavjud emas.  

Shu sabab bunday kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo`yicha normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish zarurati tug`ilmoqda. 

Milliy tiklanish partiyasi rahbari Alisher Qodirov yo`l ta`mirlash ishlarini faqat tungi vaqtlarda amalga oshirish kerakligini, chunki ish vaqtidagi bunday harakat katta tirbandlikni keltirib chiqarayotganini ta`kidladi.

– Bugun bu jarayonni qonunchilik bilan tartibga solish, ya`ni yo`l ta`mirini faqat tungi vaqtlarda amalga oshirish vaqtini qonun bilan aniq belgilash kerak. Bu dunyo tajribasida bor, – dedi partiya etakchisi.

 

    Boshqa yangiliklar