Ayni daqiqalarda AOKAda Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish, Qishloq xo`jaligi vazirliklari va boshqa tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda.
Unda g`alla etishtirish va sotish bo`yicha boshlangan islohotlarning eng muhim bosqichi va kutilayotgan o`zgarishlarning tafsilotlari haqida ma`lumot berilmoda.
Joriy yilda respublika bo`yicha sug`oriladigan g`alla maydonlarning gektaridan o`rtacha 2,5 tonna, jami 2 550 ming tonna bug`doyni “O`zdonmahsulot” AK korxonalari omborlariga qabul qilish ko`zda tutilgan.
Har yili 1 avgustiga qadar etishtirilgan bug`doy miqdori va ichki bozorda bug`doyga bo`lgan talabdan kelib chiqib, zarur hollarda qo`shimcha bug`doy xorijiy davlatlardan import qilinadi.
Fermer xo`jaliklari ixtiyorida qoladigan g`allani turli vajlar bilan davlat resurslariga olib qo`yish hamda birjada sotilgan g`allani hududlararo tashuvlariga noqonuniy cheklovlar o`rnatish qat`iyan taqiqlandi.






