Ukrainada boshlangan urush oqibatida 6 mln 552 ming 971 nafar kishi tark etdi. Bu haqda BMTning qochqinlar bo`yicha oliy komissari boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ukrainani tark etganlarning yarmidan ko`pi Polshadan boshpana topgan.
Polshaga 3 mln 505 ming 890, Ruminiyaga –961 ming 270, Rossiyaga - 919 ming 934, Vengriyaga – 644 ming 474, Moldovaga – 471 ming 223, Slovakiyaga – 442 ming 316, Belarusga – 27 ming 308 nafar qochqin o`tgan.





