1

Levandovski ketma-ket ikkinchi "Oltin butsa" sohibiga aylandi

Sport 23.05.2022, 23:01
Levandovski ketma-ket ikkinchi "Oltin butsa" sohibiga aylandi

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski mavsum yakunlariga ko`ra, yana "Oltin butsa" sohibiga aylandi. 

Qayd etilishicha, polshalik hujumchi Germaniya Bundesligasida 34 o`yinida 35 ta gol urgan hamda 70 ochko jamg`argan (Top-5 liga koeffisienti bo`yicha har bir golga 2 ochko beriladi).

Undan keyingi o`rindan "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe egalladi. U 28ta gol urdi va 56 ochko jamg`ardi. 

Chiro Immobile va Karim Benzema esa 54 ochko to`pladi. Har ikkisi ham 27tadan gol urgan. 

Ma`lumot uchun, Robert  Levandovski o`tgan mavsumda ham Bundesligada 41 ta gol (82 ochko) bilan "Oltin butsa"ni qo`lga kiritgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1