Bokuda O`zbekiston va Ozarbayjon Bosh vazirlarining o`rinbosarlari ikki tomonlama madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

Siyosat 25.05.2022, 09:09
Bokuda O`zbekiston va Ozarbayjon Bosh vazirlarining o`rinbosarlari ikki tomonlama madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

O`zbekiston Bosh vazirining o`rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Bokuda Ozarbayjon Bosh vazirining o`rinbosari Ali Ahmedov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoev rahnamoligida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy, ma`naviy va madaniy, shuningdek, turizm sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar va ularning natijalari haqida ma`lumot taqdim etildi.

Ozarbayjon Bosh vazirining o`rinbosari O`zbekiston erishgan yutuqlarni yuqori baholadi. U amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida O`zbekiston dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan o`rin egallashiga ishonch bildirdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar madaniyat va turizm sohalarida ikki qardosh xalqlarni yanada jipslashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha kelishib oldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1