AsosiySport

“Manchester Yunayted” Zlatan Ibragimovichning rasman tanishtirdi

Shvesiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich “Manchester Yunayted” futbolchisi sifatida rasman tanishtirildi. Bu haqda VVS xabar bermoqda. 

Tomonlarning kelishuv muddati va moliyaviy shartlari haqida hozircha ma`lumotlar keltirilmagan. 34 yoshli forvard erkin agent sifatida “qizil iblislar” safiga qo`shildi. 

Zlatan Ibragimovich faoliyati davomida “Barselona”, “Inter”, “Milan”, “Ayaks”, “PSJ” kabi klublarda to`p surgan. 

U professional futbolchilik faoliyatida 677 uchrashuv o`tkazib, 392 ta gol kiritgan.

    Boshqa yangiliklar