Bu bo`yicha tegishli qaror Shemaxada bo`lib o`tgan turizm vazirlarining 7-yig`ilishi va Turkiy tilli davlatlar tashkiloti turizm bo`yicha ishchi guruhining 17-yig`ilishida qabul qilindi.
Tadbirda tashkilot bosh kotibi Bag`dod Amreev, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov, Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o`rinbosari Nodir Alpaslan, Qozog`iston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri o`rinbosari Erjan Erkinboev ishtirok etishgan. Turkmanistonning Ozarbayjondagi elchisi Mekan Ishanguliev, shuningdek, Vengriyaning Bokudagi elchisi Viktor Sederkeniy ham shular jumlasidan.
Ma`lumotga ko`ra, yig`ilish ishtirokchilari ko`p millatli "Zamonaviy ipak yo`li" sifatida qo`shma turizm mahsulotlarini yaratish bo`yicha ishlarni faollashtirish muhimligini ta`kidlashgan.
Tadbirda "Turk dunyosi turizm poytaxti tashabbusi" qoidalari tasdiqlandi va "Turkiy tilli davlatlar tashkilotining turizm bo`yicha yo`l xaritasi" qabul qilindi, deb xabar beradi Ozarbayjon davlat turizm agentligi.
Tadbirda so`zga chiqqan tashkilot bosh kotibi Bag`dod Amreev a`zo davlatlar o`rtasidagi barcha darajadagi aloqalarning rivojlanishi turizmga ijobiy ta`sir ko`rsatayotganini aytgan. Shemaxani 2023 yil uchun Turk dunyosining turistik poytaxti deb e`lon qilingani bilan tabriklab, ushbu tashabbusning davom etishi a`zo davlatlar o`rtasida o`zaro xabardorlikni oshirishga xizmat qilishini ta`kidlagan.
Uchrashuvda, shuningdek, Turkmanistondan elchi Mekan Ishanguliev ishtirok etdi. Bundan tashqari, Turkmaniston Madaniyat vaziri o`rinbosari Nursaxet Shirimov ham onlayn tarzda tadbirga qo`shilgani aytiladi.
Ta`kidlash joizki, Shemaxa shahri Buyuk Ipak yo`lida joylashgan tarixiy va turistik ahamiyatga ega muhim shaharlardan biridir. Aynan shuning uchun ham u 2023 yilda Turk dunyosining turistik poytaxti etib saylandi.