AsosiyMadaniyat

Bugun "Vijdon saratoni" hujjatli filmi premera qilinadi

'Bugun "Vijdon saratoni" hujjatli filmi premera qilinadi'ning rasmi

Bugun, 26 may kuni "Vijdon saratoni" hujjatli filmi premera qilinadi.

Mazkur film Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, O`zbekiston Kinematografiya agentligi hamkorligi va tegishli tashkilotlar ko`magida "Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi" tomonidan suratga olindi.

“Vijdon saratoni” hujjatli filmi korrupsiya tushunchasiga hayot uchun o`ta xavfli bo`lgan kasallik rakursida nazar tashlashga undaydi.

Filmning bosh qahramonlari – korrupsiya haqida maqola tayyorlayotgan jurnalist va davlat xizmatida faoliyat ko`rsatib, korrupsion jinoyat sodir etgan mahkum obrazlarining hikoyasi orqali tomoshabin bu og`riqli mavzuni chuqurroq tahlil etadi. Ekspertlar intervyulari esa tasvirni yanada kengroq ochib beradi. 

Filmning sahnalashtiruvchi rejissyori Shohrux Rasulov, ssenariy muallifi va ijrochi prodyuser Furqat Usmonov.

Korrupsiya mavzusida yangi — "Vijdon saratoni" nomli hujjatli film shu kunlarda yurtimiz telekanallarida ham namoyish etiladi.

    Boshqa yangiliklar