Kopa Amerika–2016 turnirining finalida Argentina terma jamoasi Chiliga penaltilar seriyasida mag`lub bo`lgandi va argentinaliklar etakchisi Lionel Messi mamlakat termasidagi faoliyatini to`xtatishga qaror qilgandi.
Ma`lum bo`lishicha, Messi tez orada termaga qaytadi. Uning qaytishini Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi ko`ndirgan. Ammo u kim ekanligini oshkor qilmaslikni so`ragan.
“Messi albatta terma jamoaga qaytadi. Leo JCh–2018 da jahon chempionligi uchun maydonga tushadi, – dedi Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi.