Rossiya Qishloq xo`jaligi vazirligi Rossiyadan guruch eksportini vaqtinchalik taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mamlakat departament tomonidan hukumatning tegishli qarori loyihasi tayyorlandi.
Mazkur cheklov 1 iyuldan to 31 dekabrgacha joriy etish taklif qilinmoqda.
Avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ichki bozordagi barqarorlikni ta`minlash maqsadida 30 iyungacha EOII mamlakatlariga g`alla eksport qilishni taqiqlash to`g`risidagi qarorni imzolagandi.






