AsosiyJamiyat

“Kreativ sanoat". Toshkentda ijodiy sanoat tadbirkorlarining yig`ilishi bo`lib o`tdi

'“Kreativ sanoat".  Toshkentda ijodiy sanoat tadbirkorlarining yig`ilishi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Kecha, 28 may kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan yurtimizdagi tadbirkorlar, etakchi kompaniyalari, ishbilarmon doiralar vakillari hamda tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokida  “Kreativ sanoat - iqtisodiy rivojlanishning drayveri” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda darakchi.uz muxbiri xabar berdi.

Uchrashuvda yirik va o`rta biznes sub`ektlari vakillari faoliyatidagi mavjud muammolar ochiq muhokama qilinishi barobarida, ularga echim topish choralari ko`rildi.

Tadbirda O`zbekistonning 60 dan ortiq ijodiy sanoat tadbirkorlarining, ular tomondan o`z faoliyatida duch keladigan dolzarb tizimli va individual muammolarni muhoqama etish va ushbu sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.

Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda Yangi O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to`g`risida”gi qarorida ko`zda tutilgan maqsadlardan biri xizmat ko`rsatish iqtisodiyoti sohasida 3,5 million ish o`rnini yaratishdan iborat.

Kreativ sanoat – iqtisodiyotning asosan g`oyalar va texnologiyalar hisobiga rivojlanuvchi intellektual faoliyat bilan bog`liq bo`lgan tarmog`i hisoblanadi. Bularga turizm, umumiy ovqatlanish, hunarmandchilik, arxitektura va dizayn, moda va dizayn, galereya va ko`rgazmalar, kino, teatr, prodyuserlik, reklama va boshqalar kiradi.

Uchrashuvda individual va davlat darajasida hal qilinishi kerak bo`lgan tizimli muammolar borligi aniqlandi. Yig`ilishda tashkil etilgan an`anaga ko`ra, tadbirkorlardan soha rivojiga to`sqinlik qilayotgan sabablar bo`yicha takliflar va vakolatli organlarga tahliliy bayonnomalar tuzib chiqish uchun aniq echimlar yig`ib chiqildi.

Ma`lumot uchun,  navbatdagi yig`ilish O`zbekiston hududlarida go`sht-sut, non sanoatini rivojlantirish va qishloq xo`jaligi birjalarini tashkil etish masalalariga bag`ishlanadi.  

    Boshqa yangiliklar