Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta`lim muassasalariga kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.
Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:
- kam ta`minlangan oilalardagi xotin-qizlar;
- to`liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya`ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
- turmush o`rtog`i vafot etgan, voyaga etmagan farzandini yolg`iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
- nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
- 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg`iz ayollarning qiz farzandlari;
- ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi bo`lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.





