AsosiyJamiyat

Namanganda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanayotgan iste`molchilar aniqlandi

'Namanganda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanayotgan iste`molchilar aniqlandi'ning rasmi

Bugungi kunda iste`mol qilingan ichimlik suvi uchun debitor qazrdorlik miqdori tobora ortmoqda. Qarzdorliklarni to`lamaslik bo`yicha ba`zi hududlarda jismoniy shaxslar “etakchilik” qilayotgan bo`lsa, ayrimlarida yuridik shaxslar “peshqadam”.

Xususan, bugun "Namangan suv ta`minoti" MChJ rahbariyati topshirig`iga ko`ra Kosonsoy tumanidagi mavjud qarzdorliklarni undirish maqsadida "O`zsuvta`minot" AJ xodimlari tomonidan o`tkazilgan maxsus reyd tadbiri davomida vujudga kelgan yirik debitor qarzdorliklar va tarmoqqa noqonuniy ulangan abonentlar borligi aniqlangani aytilmoqda jamiyat rasmiy kanalida.

295 nafar ulgurji is`temolchilardan 38 nafariga nisbatan dalolatnoma rasmiylashtirilib, tarmoqdan uzish choralari ko`rilgan.

Bunday reyd tadbirlari viloyat miqyosida davom etmoqda, - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar