Davlat statistika qo`mitasi taqdim etgan ma`lumotlarga ko`ra, 2021/22-o`quv yili boshida respublikamizdagi oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5,1 ming nafarni tashkil etgan.
Yillar kesimida respublikamizdagi oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni:
— 2016/2017-o`quv yili – 603 nafar
— 2017/2018-o`quv yili – 1320 nafar
— 2018/2019-o`quv yili – 2685 nafar
— 2019/2020-o`quv yili – 3593 nafar
— 2020/2021-o`quv yili – 4219 nafar
— 2021/2022-o`quv yili – 5140 nafar
Eslatib o`tamiz, 2020 yilning 1 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistondan 53 ming nafar talabalar xorijda tahsil olmoqda, deyiladi xabarda.






