AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda fuqaro YPX xodimini pulini olib qo`yganlikda aybladi (video)

'Qashqadaryoda fuqaro YPX xodimini pulini olib qo`yganlikda aybladi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 18 may kuni Qashqadaryo viloyati, Ko`chdala tumanida YPX xodimi va haydovchi o`rtasida tortishuv sodir bo`lgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda. Ma`lum bo`lishicha, YPX xodimi haydovchining avtomobilini hujjatsiz boshqargani va boshqa qonunbuzarlikar sabab jarima maydonchasiga joylashtirilayotgan bo`lgan. 

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilayotgan bir vaqtda mashina egasi voqeani tasvirga olib, inspektorni pulini olib qo`yganlikda ayblagan. 

Xabarga ko`ra, holat jinoyat ishlari bo`yicha Chiroqchi tumani sudida muhokama qilingan.

Inspektorning so`zlariga ko`ra, hujjatlarsiz boshqarib kelingan avtomashinaning hayyodovchisi qoidalarga ham bo`ysunmay, to`palon ko`taradi. Keyingi jarayonlarda tortishuvga boshqa bir fuqaro ham aralashib, o`zini haydovchi sifatida ko`rsatadi va pul bilan bog`liq tortishuvni keltirib chiqaradi. Mashinadagi ashyolar tegishli tartibda rasmiylashtirib olinayotgan vaqtda fuqaro uni tasvirga tushurib, IIB xodimlari pulimni olib qo`yyapti, mazmunida tarqatib yuborgan.

Sudning yakuniy xulosalariga ko`ra, fuqaroga 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar