AsosiyDunyo

Isitma, kuchli og`riq, toshmalar O`zbekiston bilan chegaradosh hududda maymunchechak aniqlandi

'Isitma, kuchli og`riq, toshmalar   O`zbekiston bilan chegaradosh hududda maymunchechak aniqlandi'ning rasmi

28 may, shanba kuni Afg`onistonning Nimroz viloyatida maymuechechak bilan gumon qilinib,  ikki bemor Covid-19 shifoxonasiga yotqizilgan va ularda kasallik aniqlangan. Bu haqda mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi xabariga tayanib, yirik axborot agentligi "Ariana News" xabar bermoqda.

Hududiy manbalarga ko`ra, maymunchechak aniqlangan har ikki fuqaro ham Erondan deportasiya qilingan migrant bo`lgan.

Axborot agentligi kasallikning ilk belgilari haqida ham ma`lumot berib o`tgan. Qayd etilishicha, ular isitma, qorin, muskullar hamda umurtqadagi og`riq, teridagi oq toshmalar kabilardir.

Kutilmagan “mehmon” tashrifi — maymunchechak qanday paydo bo`lgan?

Maymunchechak kabi viruslar oilasining a`zosi bo`lgan maymunchechak virusi kasallikka sabab bo`ladi. Garchi u biroz og`ir oqibatlarga olib kelsada va mutaxassislarning ta`kidlashicha, infeksiya ehtimoli past.U, asosan, markaziy va g`arbiy Afrika davlatlarining chekka hududlarida, tropik o`rmonlar yaqinida uchraydi.

Virusning ikkita asosiy shtammi mavjud — G`arbiy Afrika va Markaziy Afrika.

Buyuk Britaniya Sog`liqni saqlash xavfsizligi agentligining ta`kidlashicha, infeksiyani yuqtirishdan xavotirda bo`lgan har bir kishi tibbiy mutaxassisga murojaat qilishi kerak. Ammo tashrif buyurishdan oldin klinika yoki jarrohlik bilan bog`lanish darkor.

Maymunchechak qaysi davlatlarda tarqalishi mumkin? 

Mutaxassislar tadqiqotida Portugaliyada bo`lib qaytgan 30 yoshli erkakni o`rgangan, u 13 may kuni poliklinikaga papulalar va kattalashgan limfa tugunlari shikoyati bilan borgan. Uning sherigida ham shunga o`xshash alomatlar kuzatilgan

Dastlab ulardan olingan namunada testlar gerpes va sifilisni qo`zg`atuvchi virusga salbiy chiqqan. Biroq Evropada maymunchechak holatlari haqida ogohlantirishlardan so`ng, bemorda ushbu kasallikning qo`zg`atuvchisi uchun test o`tkazilgan, natija esa ijobiy bo`lgan. Olimlar virus genomining 98,9 foizini qayta tiklashga muvaffaq bo`lgan.

"Dastlabki filogenetik tahlil shuni ko`rsatadiki, olingan genom G`arbiy Afrikaning maymunchechak guruhiga tegishli va yaqinda Portugaliyada kasallikning tarqalishiga sabab bo`lgan genom bilan chambarchas bog`liq. U xastalikning Evropada sezilarli darajada tarqalishiga hissa qo`shgan", — degan tadqiqotchilar.

O`zbekistonda vaziyat qanday?
 

Ma`lumot uchun, O`zbekistonda hozirga qadar maymunchechak kasalligi qayd etilmagan. Ayni paytda JSST tavsiyalaridan kelib chiqib bu infeksiyaning mamlakatga kirib kelmasligi uchun zarur choralar ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar