AsosiyJamiyat

Joriy haftada harorat yanada pasayadi — "O`zgidromet"

'Joriy haftada harorat yanada pasayadi — "O`zgidromet"'ning rasmi

Hafta davomida O`zbekiston bo`yicha iqlimiy me`yorlarga yaqin bo`lgan havo harorati bilan asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda "O`zgidromet" xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, bugun respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 25-28° atrofida bo`ladi. Faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida, asosan, tog` oldi va tog`li hududlarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Ertaga va ish haftasining oxirigacha O`zbekiston hududi bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim kunlari tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 

Harorat asta-sekin ko`tariladi va hafta o`rtasiga kelib, 1-2 iyun kunlari kechalari 15-18°, kunduz kunlari 31-34° atrofida, janubda va cho`l hududlarida 35-37° gacha bo`ladi. 3 iyun juma kuni harorat foni 2-3° ga pasayadi.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar