Uzbekistan Airways Express Toshkentdan Samaraga parvozlarni yo`lga qo`ymoqda. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum vilinishicha, 2022 yil 4 iyundan Uzbekistan Airways Toshkent – Samara – Toshkent xalqaro yo`nalishi bo`yicha ilk qatnovini amalga oshiradi. Muntazam aviaqatnovlar haftada bir marta – shanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytidan 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.






