AsosiyJamiyat

G`alla bozorining erkinlinlashishi — narx oshadi, degani emas — Moliya vazirligi

'G`alla bozorining erkinlinlashishi — narx oshadi, degani emas — Moliya vazirligi'ning rasmi

AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida Moliya vazirligi depertament mudiri To`lqin Mirzaev g`alla bozorining erkinlashishi borasida o`z fikrlarini bildirdi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

«Olib borilayotgan islohotlarning asl mazmun-mohiyati — barcha turdagi mahsulotlarni haqiqiy narxini bilish va bozor narxida sotish. Agar mahsulot bozor narxida sotilmasa ko`plab noqulaychiliklar tug`iladi.  Bug`doyning birjaga chiqarilishidan vahimaga tushishga hojat yo`q. Chunki bizda, birinchidan etarli bug`doy zaxirasi mavjud, ikkinchidan, bu borada tajribamiz bor — pandemiyagacha ham bug`doy birjada edi, va uning narxi bor-yo`g`i 10 foizga oshgan.  

Bugungi kunda barcha tahlillar qilingan, bozordagi narx-navoni yaxshi bilamiz. Arzon deb atalgan qolipli non narxi faqat Toshkent shahrida saqlab qolingan, xolos. Unning narxi hech qaerda 2 ming 800 so`m emas. Unning o`rtacha bahosi 5 000 so`m va undan yuqori. Buni hammamiz bilamiz.  G`alla bozorining erkinlashishi narx oshadi, degani emas. Bu — bozordagi narxni tan olish degani», — deya ta`kidladi Mirzaev.   

    Boshqa yangiliklar