AsosiyJamiyat

Sirdaryoda uch egizak farzand dunyoga keldi

'Sirdaryoda uch egizak farzand dunyoga keldi'ning rasmi

Guliston shahridagi "Bog`ishamol" mahallasida istiqomat qiluvchi To`lqin To`raev va Robiya To`raevalar xonadonida uch egizak farzand dunyoga keldi. Bu haqda viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi xabar bermoqda

Viloyat perinatal markazi direktori, akusher-ginekolog Xanifa Sodiqova, markaz akusherlari Yulduz Ukibaeva, Svetlana Musabekova yordami bilan chaqaloqlar kesarcha usulda, asoratsiz o`tkazilgan tug`ruq amaliyoti natijasida  may oyining 15 sanasida tug`dirib olingandi. Chaqaloqlarning vazni 1.600-1.900 kilogrammdan oshmaganligi bois, ular o`n besh kun mobaynida markaz vrachlari va hamshiralari nazoratida bo`ldi. Ayni vaqtga kelib, Madinaning vazni 1.834 kilogrammni, o`rtanchasi Mustafoning vazni 2.375 kilogrammni, eng kichigi Mubinaning vazni esa 1.800 kilogrammni tashkil etmoqda.

–Chaqaloqlarning salomatligi yaxshi, –deydi markaz direktori Xanifa Sodiqova. –Bugun esa ularga javob berayapmiz. Endi ular oila shifokori nazoratida bo`ladi. Belgilangan tartibda chaqaloqlar parvarishiga yordam berib, amaliy maslahatlarini berib borishadi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, 19 may kuni Samarqand viloyat perinatal markazida 3 egizak dunyoga kelgani haqida xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar