Joriy yilning 30 may kuni Fransiyaning O`zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez boshchiligidagi delegasiya "Ipak yo`li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tashrifdan maqsad Samarqandning diqqatga sazovor joylari, uning qadimiy tarixi, shuningdek, ta`lim va turizm sohasida O`zbekiston-Fransiya munosabatlarini rivojlantirish doirasida "Ipak yo`li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishish bo`lgan.
Ta`kidlanishicha, tadbir doirasida Oreliya Bushez xonim universitet rektori A.Abduhakimov bilan rasmiy suhbat ham o`tkazgan.
Yakunda Fransiyaning O`zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez universitet kutubxona fondiga arxitektura, muzeyshunoslik, gastronomik turizmga oid noyob kitoblarni sovg`a qilgani aytiladi.
Shundan so`ng, Abduhakimov bu kitoblar kutubxona javonlarida alohida o`rin egallashini bildirgan.






