"O`zgidromet" taqdim etgan ma`lumotlarga ko`ra, respublikaning tog` va ayrim tog` oldi hududlarida bugun kunning ikkinchi yarmida yog`ingarchilik kutiladi. Boshqa hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi.
Buxoro va Qashqadaryo viloyati chegaradosh hududlarida shimoli-sharqiy yo`nalishda kuchli shamollar esishi mumkin. Shamol tezligi kuchayganda 15-20 m/s ga kuchayib, chang to`zon hodisasi keltirib chiqarishi kutilmoqda.






