AsosiyJamiyat

Toshkentning ba`zi tumanlarida 2 iyunga qadar ichimlik suvi o`chiriladi

'Toshkentning ba`zi tumanlarida 2 iyunga qadar ichimlik suvi o`chiriladi'ning rasmi

Sergeli tumani hokimligining ma`lum qilishicha, ichimlik suvi quvurlarida ro`y bergan nosozliklarni bartaraf etish ishlari tuman "Suvsoz" DUK tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 2022 yilning 31 may sanasidan 2 iyun sanasiga qadar:

- "Oltin vodiy";

- "No`g`oy-qo`rg`on";

- "Qum-ariq";

- "Belariq";

- "Uchuvchilar" mahallalarida.

2022 yilning 1 iyun sanasidan 2 iyun sanasiga qadar:

- "Xonobod"

- "Quruvchilar" mahallalarida joylashgan xonadonlarda hamda ushbu hududdagi ulgurji iste`molchilarda ichimlik suvi ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ichimlik suvi tanqisligini oldini olish maqsadida tumanimiz fuqarolariga ichimlik suvini zaxira qilishni tavsiya etamiz. Ichimlik suvi ta`minoti to`xtatiladigan hududlarga reja-grafik asosida maxsus suv tashish mashinalarda ichimlik suvi etkazib beriladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz, — deyiladi hokimlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar